Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Joriy yilning 14-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filialida buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔶 Tadbirni filial direktori M.Maksudov ochib, Boburning nafaqat shoir, balki yirik sarkarda, davlat rahbari va ilm-fan homiysi sifatida qoldirgan bebaho merosi haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u Bobur ijodi yoshlar uchun ibrat maktabi ekanini ta’kidlab, talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish muhimligini qayd etdi.

📑 Tadbir davomida Bobur g‘azallaridan namunalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi va viktorinalar tashkil qilindi. Talabalar tomonidan ijro etilgan Bobur she’rlari barchada katta taassurot qoldirdi.

🎤 Tadbir so‘ngida faol qatnashgan talabalar va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yosh avlodning buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qildi.