Xalimjon G‘offurov 60 yoshni qarshi oldi!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali jamoasi uzoq yillardan beri fidokorona mehnat qilib kelayotgan ishchi xodim G‘offurov Xalimjonning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan uni samimiy tabrikladi!

✍️ Xalimjon G‘offurov o‘zining sadoqati, mehnatsevarligi va fidokorona xizmatlari bilan filial jamoasida hurmatga sazovor insonlardan biri hisoblanadi. U ko‘p yillar davomida filial infratuzilmasining uzluksiz ishlashiga, talabalar va ustozlar uchun qulay sharoit yaratishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

📝 Uning mas’uliyatli va halol mehnati, insoniy fazilatlari barchamiz uchun ibratdir. Oliygohimiz jamoasi unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, uzoq umr va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

Sizning mehnatingiz doimo e’tirof etiladi va yuksak qadrlanadi!