Oliygohda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, ma’naviy merosimizga hurmat tuyg‘ularini singdirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda TDTU Qoʻqon filiali direktor v.b M.Maksudov, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Dastlab QDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, rektor v.b Sh.Pulatov soʻz olib milliy qadriyatlarning xalqimiz tarixi, madaniyati va ma’naviy kamolotidagi ahamiyati haqida fikr yuritib, ularni asrab-avaylash va yosh avlodga yetkazish muhimligini ta’kidladi. Soʻngra
milliy qo‘shiqlar, folklor chiqishlari, sahna ko‘rinishlari hamda milliy sport namoyish etildi. Shuningdek, talabalar tomonidan milliy liboslar ko‘rgazmasi va qadriyatlarimizga oid taqdimotlar tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlar orasida milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.








