Kontaktli payvandlash mashinalari mavzusida na’munaviy dars tashkil etild

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Texnika va sanoat sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliy o‘rganish maqsadida “Muhandislik” fakultetida “Kontaktli payvandlash mashinalari” mavzusida na’munaviy dars tashkil etildi.
Mazkur dars R.Ummatov tomonidan olib borilib, unda kontaktli payvandlash texnologiyasining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi keng yoritildi.
Dars davomida zamonaviy kontaktli payvandlash uskunalari namoyish etilib, ishtirokchilarga real sharoitda payvandlash texnologiyasini sinab ko‘rish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, yangi texnologiyalar va ularning sanoat tarmoqlarida qo‘llanilishi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur na’munaviy dars sanoat sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi, yosh mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishga hissa qo‘shadi.