Joriy yilning 1-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida “Kimyo muhandisligi, iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar” kafedrasining navbatdagi ilmiy ish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo'qon filiali

Muhokamada kafedra katta o‘qituvchisi A. Hakimovning “Jamiyat taraqqiyotini tadqiq etishning nazariy va amaliy muammolari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi. Mazkur ilmiy tadqiqot falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan bo‘lib, unda jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq dolzarb masalalar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi.

✈️ Muhokamada yetuk mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etib, mazkur tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yuksak baholashdi. Ilmiy muhokama jarayonida dissertatsiya ishi yuzasidan qizg‘in fikr almashildi, muhim taklif va tavsiyalar berildi.

✈️ Ilm-fan rivojiga hissa qo‘shayotgan barcha izlanuvchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💼#IlmiyMuhokama #PhD #IlmFan