Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig’i

Abdunabiyev Dostonjon Ibroximjon o’g’li

Tel: +99890 350 32 86

Qabul kunlari Dushanba 10:00 dan 12:00 gacha, Payshanba 13:00 dan 16:00 gacha

e-mail: abdunabiyevdostonjon5@gmail.com

2023-yil 1-fevraldan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori boshlig’i lavozimida faoliyat yuritmoqda

 

 

 

Abduvaliyev Javlonbek Abdug‘appor o‘g‘li – sektor uslubchisi

Telefon: (+99 891) 737 33 98

e-mail: javlonbek_abduvaliyev98@mail.ru

 

 

 

 

 

 

 

 

Iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori Nizomi

 

 

1.1. Ushbu sektor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Iqtidorli yoshlarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash to‘g‘risida Nizomi» va buyruqlari, hukumat qarorlari, yo‘riqnomalari, ToshDTU Qo‘qon filiali direktorining buyruqlari hamda ushbu Nizom asosida olib boradi.

1.2. Mazkur sektor filial tuzilmaviy qismi bo‘lib, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga bo‘ysunadi va sektor boshlig‘i tomonidan boshqariladi.

1.3. Sektorning ijroiya organi bo‘lib, fakultetda ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, kafedralarda ma’sul shaxs hamda kafedralarda faoliyat olib borayotgan ilmiy to‘garaklar rahbarlari hisoblanadi.

1.4. Sektor o‘z tarkibiga kiradigan iqtidorli talabalar faoliyatini yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va boshqaradi.

 

  1. Sektorning asosiy faoliyati va vazifalari

 

  • 1. Iqtidorli talabalarni aniqlash, yo‘nalishiga muvofiq maqsadli tayyorlashni tashkil etish hamda ular faoliyatini rivojlantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish;
  • 2. Talabalar ilmiy jamiyati faoliyatini tashkillashtirish va rivojlantirish;
  • 3. Iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;
  • 4. Iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlari hamda kafedralarda faoliyat olib borayotgan to‘garaklarda doimiy ishtirokini ta’minlash;
  • 5. Filialda o‘tkaziladigan umum ta’lim va mutaxassislik fanlari bo‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining birinchi hamda yakuniy bosqichlarini sifatli o‘tkazilishini tashkil etish;
  • 6. Iqtidorli yoshlarni xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjuman, seminar, simpoziumlar va fan olimpiadalarida doimiy ishtirokini ta’minlash;
  • 7. Iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi va davlat stipendiyalariga, iqtidorli yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi turli xil davlat, chet el grantlariga tavsiya qilish hamda ishtirokini ta’minlash;
  • 8. Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida iqtidorli talabalarni ta’lim olishiga tavsiyalar berish;
  • 9. Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan kunning ikkinchi yarmida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;
  • 10. O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etayotgan iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish;
  • 11. Filialda Yoshlarning innovatsion texnik maktabi hamda ilmiy to‘garaklar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish;
  • 12. Har yili bakalavr talabalari uchun «Eng yaxshi malakaviy bitiruv ishi» va magistratura bosqichi talabalari uchun «Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi» ko‘rik-

 

tanlovlariga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish;

  • 14. Iqtidorli yoshlarga ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha EHM uchun dasturiy mahsulotlarni, ixtiro uchun patent hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy ko‘maklashish vazifalari yuklatiladi.

 

  1. Sektorning huquqlari

 

3.1. Sektor huquqlarini sektor boshlig‘i, agar u bo‘lmasa uning ko‘rsatmasi bilan sektor muhandisi amalga oshiradi.

3.2. Filial fakultet va kafedralaridan iqtidorli yoshlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni hamda ularning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni talab etadi.

3.3. Sektor faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fakultet va kafedralarda  tekshiruvlar o‘tkazish.

3.4. Kafedralardagi mavjud to‘garaklar faoliyatini baholash va  nazorat qilish huquqiga ega.

 

  1. Sektorning majburiyatlari

 

4.1. Iqtidorli yoshlar faoliyati yuzasidan o‘rnatilgan shakllardagi  hisobotlarni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga belgilangan muddatlarda taqdim etish.

4.2. Iqtidorli yoshlar faoliyati bo‘yicha filial Kengashida hisobot berish.

4.3. Sektor faoliyati bo‘yicha filial rahbariyatiga tezkor axborot va ma’lumotlarni taqdim etish.

4.4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Vazirlik buyruqlari va yo‘riqnomalarining ijrosini muddatida ta’minlash.

4.5. Sektor faoliyatini sifatli tashkil etish maqsadida quyidagi hujjatlar yig‘ma jildini yuritish:

  • Iqtidorli yoshlar bilan ishlash sektor Nizomi;
  • Iqtidorli yoshlar bilan ishlash sektorining yillik ish rejasi;
  • Oliy ta’limga tegishli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik buyruqlari nusxalari;
  • Filial direktori buyruqlari nusxasi;
  • Fakultet va kafedralar bo‘yicha iqtidorli yoshlar ro‘yxati;
  • Iqtidorli yoshlarga berilgan tavsiyalar va unga ilova hujjatlar hamda fotosuratlar;
  • Yoshlar ilmiy anjumanlari, seminarlari, olimpiada va tanlovlar o‘tkazilishiga oid hujjatlar;
  • Sektor hisobotlari;

Filial iqtidorli yoshlarning shaxsiy varaqalari.

 323 total views,  1 views today