Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali

Ustozlarga tabrik

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali ma’muriyati va jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni 1 oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-omad, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu-baraka tilaymiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali

ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA!

Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

Xabar berganimizdek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

Ushbu tizim:

  • ortiqcha ovoragarchilik va suiiste’molchiliklarning oldini olish;
  • jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
  • elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;
  • toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Men saylash huququqiga egaman

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talaba yoshlari Buvayda tumani Yangiqoʻrgʻon shaharchasida boʻlib oʻtgan yoshlarni saylov madaniyatini oshirish maqsadidagi «Men saylash huquqiga egaman» nomli yoshlar festivalida ishtirok etdilar. Ular yoshlar festivalda turli xil siyosiy davra suhbatlarida ishtirok etib oʻzlarining siyosiy bilimlarini oshirmoqdalar. Fargʻona viloyati miqiyosida boʻlib oʻtayotgan ushbu festival ularni yanada siyosiy jihatdan birlashtirishga yordam bermoqda. Birlashgan yoshlar vatan taraqqiyoti garovidir.

TDTU qo'qon filiali    TDTU qo'qon

TDTU Qo'qon filiali

Rauf Parfi tavalludiga bag’ishlangan suhbat

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filialida talabalar turuar joyida yashovchi qizlar bilan Rauf Parfi tavalludiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Mazkur suhbat Rauf Parfi hayoti va ijodiga haqida turli fikrlar va uning ijodidan namunalar tinglandi.  Shuningdeka talaba qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bo’yicha ularning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarida kitobxonlik, san’at va madaniyatga bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash uchun sharoitlar yaratish masalalari haqida suhbatlashildi.

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali    Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali

 

«Direktor kubogi»ga start berildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Direktor kubogi»ga start berildi. Uni D.Sarimsoqov, Yoshlar ittifoqi raisi X.Xaydarov, dekan oʻrinbosari X.Begmatov soʻz olib talabalarga muvaffaqiyat tiladilar. Sogʻ tanda – sogʻlom aql. Yurt kelajagi sogʻlom fikrlaydiganlar qoʻlidadir.

TDTU kokand

direktor kubogi

Qo'qon texnika universiteti

Ilmiy amaliy konferensiyaga start berildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Ilmiy amaliy konferensiyaga start berildi. Talabalarga tezis, maqola yozish, start up loyiha, patent olish tartibi boʻyicha talabalarga tushuntirish berildi. Bilimli yoshlar universitet kelajagidir.

TDTU qo'qon

 

TDTU kokand

Prezident saylovi- kelajak tanlovi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida direktor Sh.Y.Poʻlatov boshchiligida talabalarga xozirgi saylov jarayonlari boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi. Talabalar turar joyida qolib ovoz beradiganlarga zarur maʼlumotlar berildi.

Talabalar xavfsizligi-ota-onalar tinchligi.

23-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2-Talabalar turar joyida X.Usuvaliyev va X.Begmatov boshchiligida tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar xavfsizligi va talabalarning qonun-qoidalar rioya etishlarini va tozalik qoidalariga rioya etishlarini aytib oʻtdi.Talabalarning xavfsizligi uchun har birimiz masʼulmiz.

TDTU Qo'qon

TDTU Qo'qon

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali

Ochiq muloqot

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Guruh sardorlari va murabbiylariga filial direktori Sh.Y.Poʻlatov boshchiligida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Talaba yoshlar orasidan tanlab olingan sardorlarning vazifalari, masʻuliyati taʼkidlab oʻtildi. Guruh sardorlarini qiziqtirgan savollariga direktor tomonidan javob berildi. Unda Universitetning kelgusidagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish vazifasi masʼullarga yuklatildi. Ochiq muloqot shaffof va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi. Direktor tomonidan yangi gʻoyalar ilgari surildi. Bundan tashqari saylov jarayoniga befarq boʻlmaslik, talabalarning oʻz saylov huquqlaridan foydalanish kerakligi aytib oʻtildi. Shu bilan birgalikda «Universitet mening iftixorim» degan ezgu shior bilan yurish har bir talabaning maqsadi boʻlmogʻi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali   Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali