Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida joriy oʼquv yilining ilk sabogʼi sifatida 1-bosqich talabalari uchun “Yangi Oʼzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida Mustaqillik darslari oʼtkazildi. Tanishtiruv darslarida universitet professor-oʼqituvchilari talabalik baxtiga musharraf boʼlgan yoshlarni Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 30 yilligi hamda Bilimlar kuni bilan qutladilar.
Shuningdek, maʼruzalarda mustaqillikning buyuk neʼmat ekanligi, uning zamirida erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik mujassamligi, har bir xalq va millat oʼz erki va ozodligi uchun matonat ila kurashib, yashashi katta sharaf ekanligi taʼkidlab oʼtildi.
Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modulь tizimining mazmun-mohiyati, oʼquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.