Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida talabalarning ilmiy ishlar bilan shug’ullanishlariga imkon yaratish, ularga ilmiy sohadagi tushuncha va yo’llanmalar berish maqsadida 2021 yil 17 sentabrda ilmiy yo’nalishni davom ettirmoqchi bo’lgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar bilan uchrashuvda filialning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Kushimov, yosh olimlar boʻyicha masʼul T.Boʻtayev va talabalar kengashi raisi Sh.Xudoberdiyev, filialning yoshlar ittifoqi etakchisi H.Haydarov talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirib berishdi.
Filialda tashkil etilishi rejalashtirilgan «Yosh olimlar tanlovi» yuzasidan T.Bo’tayev so’zi tinglandi. Talabalar kengashi etakchisi Sh. Hudoberdiyev so’zga chiqib maqolalar yozish, patent olish tartibi, «Start up» loyihasini tayyorlash boʻyicha tushuncha berdi. yig’ilish so’ngida olimlar filialda iqtidorli yoshlarga imkoniyatlar keng ekanligini aytib, ularga omadlar tiladilar.