Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 1-TTJda universitet psixologi Z.Nigmatova qizlarga tushuntirish ishlarini olib bordi. Universitet odob- axloq qoidalari, universitet tartib qoidalari va boshqa masalalar boʻyicha suhbat oʻtkazdi.
Filialda uzoq masofadan kelib o’quvchi talaba qizlar uchun filial hududining ichida talabalar turar joyi tashkillangan. Hozirgi kunda bu turar joyda 45 nafar qizlar istiqomat qilishmoqda.
Talaba qizlarga yaratilgan sharoitlarni ko’ngildagiday bo’lishi, ularning yaxshi dam olishlari uchun filial rahbariyati va ishchi xodimlari doimiy mehnat qilmoqdalar.
Har kuni yotishdan oldin talaba qizlar bilan kunlik holat haqida 5 daqiqalik yig’ilish qilib, muammo va takliflar haqida suhbat olib borilmoqda. Talaba qizlar orasidan “Talabalar kengashi” a’zolari ham tayinlanib, o’zlarini boshqarish tartibi yo’lga qo’yildi.