Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali

Ochiq muloqot

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Guruh sardorlari va murabbiylariga filial direktori Sh.Y.Poʻlatov boshchiligida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Talaba yoshlar orasidan tanlab olingan sardorlarning vazifalari, masʻuliyati taʼkidlab oʻtildi. Guruh sardorlarini qiziqtirgan savollariga direktor tomonidan javob berildi. Unda Universitetning kelgusidagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish vazifasi masʼullarga yuklatildi. Ochiq muloqot shaffof va samimiy ruhda boʻlib oʻtdi. Direktor tomonidan yangi gʻoyalar ilgari surildi. Bundan tashqari saylov jarayoniga befarq boʻlmaslik, talabalarning oʻz saylov huquqlaridan foydalanish kerakligi aytib oʻtildi. Shu bilan birgalikda «Universitet mening iftixorim» degan ezgu shior bilan yurish har bir talabaning maqsadi boʻlmogʻi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali   Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining Qo’qon filiali

Posted in Uncategorized.