Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talaba yoshlari Buvayda tumani Yangiqoʻrgʻon shaharchasida boʻlib oʻtgan yoshlarni saylov madaniyatini oshirish maqsadidagi «Men saylash huquqiga egaman» nomli yoshlar festivalida ishtirok etdilar. Ular yoshlar festivalda turli xil siyosiy davra suhbatlarida ishtirok etib oʻzlarining siyosiy bilimlarini oshirmoqdalar. Fargʻona viloyati miqiyosida boʻlib oʻtayotgan ushbu festival ularni yanada siyosiy jihatdan birlashtirishga yordam bermoqda. Birlashgan yoshlar vatan taraqqiyoti garovidir.