Anorov Rustamjon Abduraxmonovich Filial direktorining O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari etib tayinlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq ushbu lavozimga tayinlov Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovning 2021-yil 3-oktabrdagi 320-K-sonli buyrug’iga koʻra amalga oshirildi.
Rustamjon Anorov bundan avval Farg’ona politexnika institutining Yengil sanoat va to’qimachilik fakulteti dekani lavozimida ishlab kelayotgan edi. Mehnat faoliyatini 2021-yil 7-oktabrdan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida direktorning O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari lavozimida ish boshladi.