Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

“El-yurt umidi” jamgʼarmasi stipendiyasi sohibi

Yurtimizda 2018 yildan oʼz faoliyatini boshlagan “El-yurt umidi” jamgʼarmasi yordamida iqtidorli va isteʼdodli yoshlarimiz xorijda zamonaviy taʼlim olish va ilgʼor professional tajribaga ega boʼlish imkoniyatini qoʼlga kiritmoqdalar. Ular qatoridan TDTU Qoʼqon filiali assistenti Oʼ.Ortiqov oʼrin egallaganligi filial jamoasiga quvonch bagʼishladi.
“El yurt umidi” jamgʼarmasi stipendiati sifatida Oʼktamjon Buyuk Britaniyada taʼlim olishi va stajirovka oʼtashi tashkillanadi.
Joriy yilning 16 oktyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi binosida “El-yurt umidi” jamgʼarmasi 3-stipendiya tanlovi gʼoliblariga sertifikatlarni tantanali topshirish marosimi boʼlib oʼtdi.
“Uchinchi Renessans poydevorini bilimli, fidoyi, vatanparvar yoshlar bilan birga bunyod etamiz!” shiori ostida oʼtgan tadbirda respublikamizning jami 272 nafar umidli yoshlari orasidan bizning hamkasbimiz ham munosib oʼrin egalladi.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.