Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Saylov bilimdonlaridan tashkil topgan Targ’ibot poyezdi a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali mehmoni.

☀️ Bugun 16.10.2021 yil, Shahrimizning O’rda maydonida, Qo’qon shahar hokimligi tashabbusi bilan, Qo’qon shahar yoshlar ittifoqi, hamda Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali hamkorligida «Yosh saylovchi» forumi bo’lib o’tdi.

?Bayromona tarzda bo’lib o’tgan tadbirda Insholar tanlovi,hamda «Saylov bilimdoni»bellashuvlari bo’lib o’tdi.Bu esa juda ko’p yoshlarni siyosiy bilimini oshirishga hizmat qildi.

⚡️Hususan,Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filialining ahil jamoasi, Targ’ibot poyezdi a’zolarini aynan shu yerda tantanali tarzda kutib oldilar.

?Tadbirda dastavval filial direktori SH.Y.Po’latov so’zga chiqib,mehmonlarni va shu yerdagi barcha yoshlarni 24-oktabr Prezidentlik saylovlari bilan tabriklab,ularni saylovda faol qatnashishga chaqirdi.

? Forum davomida filial iqtidorli talabalari tomonidan yangragan kuy qo’shiqlar barchani raqsga chorladi.

?Shundan so’ng «saylov bilimdoni» bellashuvi boshlandi va filial talabalaridan tashkil topgan «matbuotchilar» hamda «yosh saylovchilar»jamoalari o’zaro bellashdilar.Mehmonlarning qiziqishiga sabab bo’lgan bellashuvda ishtirokchilar bevosita ularning savollariga ham javob berdilar.Yakunda «matbuotchilar» jamoasi g’olib bo’lib,ikkinchi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritishdi.

?Forumning yana bir asosiy mehmonlaridan biri O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy
Kengashi Kamalak bolalar tashkiloti bo’lim boshlig’i U.Haydarov so’zga chiqdi va barcha yoshlarni bayram bilan tabrikladi.Shu bilan birga saylov jarayonida yoshlarning o’rni muhim ekanligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi.

??Darhaqiqat,ushbu forum taasurotlari barcha yoshlarni saylov jarayonlarida yanada faol qatnashishiga hizmat qiladi.

Posted in Uncategorized.