Filialning yoshlar,ma’naviyat va ma’rifat,matbuot bo’limlari hamda «Yoshlar ittifoqi» hamkorligi ostida oʻtkazilgan tadbir talaba-yoshlarning chinakam bayramiga aylandi.
Tadbir davomida talabalar «100 savolga 100 javob»,»Eng yahshi videorolik» va «Munozara» shartlari orqali bellashdilar.
Bahslarda filialning iqtidorli talabalaridan iborat jamoalar saylov qonunchiligiga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
Oʻtkazilgan tadbir yakunida filialning birinchi bosqich 4-21 guruhi talabalari g’olib bo’lib,tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.