Xudoberdiyev Shavkatjon 1997-yil 4-avgustda Farg’ona viloyatining Yozyovon tumanida tug’ilgan.
✅Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversitetining Qo’qon filiali 4-bosqich talabasi hamda talabalar kengashi raisi. Bilimga chanqoq qahramonimiz unversitet qoshida tashkil etilgan «Yosh olimlar» kengashiga boshchilik ham qiladi.
✅Rus va ingliz tillarini biladi.
✅Qahramonimiz yoshligidan elektronika sohasiga qiziqishi baland bo‘lganligi sababli unversitetda aynan energetika yonalishida ta’lim olib kelmoqda. Ilk talabalik davrlaridanoq juda faol va tirishqoqligi bilan kursdoshlari oldida ajralib turgan va turli xil tanlovlarga qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
✅O‘zbekistondagi energetika sohasida duch kelinayotgan muamolarga yechim topish, istemolchilarni uzluksiz energiya bilan taminlashni asosiy maqsad qilgan yosh qahramonimiz qishloq xo‘jaligi, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida foydalanish uchun qulay bo‘ladigan “elektr transformatorlar”, yani yong’in va portlashdan himoyalash qurilmasini o‘ylab topganligi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Intelektuval mulk agentligidan ixtiro uchun patent olishga muvaffaq bo‘ldi.
✅O‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida qahramonimiz ko‘plab nufuzli nashrlarda maqolalarini chop ettirdi. O‘z sohasiga doir jami 38 ta maqola va ulardan 24 tasi chet el jurnalarida bosib chiqarilgan. Natijada ko‘plab sertifikat, diplomlar va esdalik sovg’alari sohibiga aylandi. Xorij jurnalarida nashr etilgan har bir maqolada muallif yangi bir ixtiro haqida so‘z yuritgan. Bu esa chet ellik aholida katta qiziqish uyg‘otganligi bois ta’limning magistratura bosqichini Shavkatbek Dubay mamlakatida davom ettirish uchun taklifnomani qo‘lga kiritdi.
✅Faoliyati bo‘yicha qalam tebratishni yoqtiradigan yosh olimimiz ilmiy maqolar yuzasidan MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan «Лучший студент года СНГ – 2021» tanlovida ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritgan. Qolaversa, “Ziyo nashr” tomonidan e’lon qilingan “Лучшая научная статья 2021 года” tanlovining ham g‘olibi bo‘ldi.
✅Har doim o‘z ustida tinimsiz izlanishda bo‘lgan Shavkatbek Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan ko‘plab tanlovlar ishtirokchisi hisoblanadi. Xususan, “Startap”, “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni kabi tanlovlarda faol ishtirok etdi. Eng muhimi, shu yili vazirlik tomonidan e’lon qilingan “Bo‘lajak olim” tanlovining sohibiga aylandi va 75 mln so‘m mukofat bilan taqdirlandi. Shuningdek, yosh ixtirochimiz Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi “Yoshlar akademiyasi” a’zosi hamdir.