Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Munozara» bahslarining bugungi kun natijalari!

Birinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Ma’naviyat» jamoasi va inkor pozitsiyada «Burgutlar» jamoalari kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bellashuvda kichik ustunlik bilan «Burgutlar» jamoasi g’olib bo’ldi.

Ikkinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Adolat» va inkor pozitsiyada «Turon» jamoasi to’qnash keldi.Qiziqarli kechgan bahsda «Turon» jamoasi katta ustunlik bilan g’olib bo’ldi.

Shu tariqa ikkinchi yarim finalchilar ham aniq bo’ldi.

Darhaqiqat, bellashuv davomida filialimiz talabalarining notiqlik mahorati o’yindan-o’yinga ochilib bormoqda.Bu esa ular uchun, kelajakda muhim qadam bo’lajak.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Munozara» bahslariga start berildi

Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Munozara» bahslariga start berildi.

Birinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Yoshlar ittifoqi» jamoasi va inkor pozitsiyada «Jasorat» jamoalari kuch sinashdi. Qiziqarli tarzda oʻtgan bellashuvda kichik ustunlik bilan «Yoshlar ittifoqi» jamoasi g’olib bo’ldi.

Ikkinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Xumo» va inkor pozitsiyada «Yosh texniklar» jamoasi to’qnash keldi.Murosasiz kechgan bahsda «Xumo» jamoasi g’olib bo’ldi.

Shu tariqa jamoalar birinchi yarim finalchilarga aylanishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Talaba qizlar bilan davra suhbati tashkillandi

TDTU Qo’qon filiali talaba qizlari bilan Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida davra suhbati tashkillandi. Qo’qon shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari L. Nazirova, Qo’qon shahar IIB boshlig’ining xotin-qizlar masalalari bo’yicha o’rinbosari N. Haydarovalar zo’ravonlik bo’yicha tegishli ma’lumotlarni berishdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«TechnoWays» g’olibi

15-24 noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Unda 300 ga yaqin ishtirokchilar o’z innovatsion g’oyalari bilan ishtirok etishdi. Yakunda mutaxassislar tomonidan qatnashchilarning loyihalari saralanib, 8 nafar g’oliblar saralab olindi.

  1. Transformatorlarni yong’indan himoyalash qurilmasi
  2. Masofadan boshqariladigan mini-tank qurilmasi
  3. VR Kamonchi simulyatsiya dasturi
  4. Fazo AI loyihasi
  5. MedSkin
  6. Immuno Tea loyihasi
  7. Water solution loyihasi
  8. Healthy progeny loyihasi

G’oliblarning har biri 15 mln so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Transformatorlarni yong’indan himoyalash qurilmasini ishlab chiqarish uchun Investorlar bilan 850 mln so’mlik dastlabki kelishuvga erishildi.

Yana 2 nafar eng yaxshi ambitsiyaga ega, kreativ ishtirokchilarga homiylar tomonidan Dubay shahrida bo’lib o’tayotgan EXPO 2020ga yo’llanma taqdim etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Dolzarb 40 kunlik»

👉Mazkur yilning 15-noyabrdan 24-noyabrga qadar davom etadigang «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilarining har bir kuni mazmunli va tomonidan bugun, 16-noyabr kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasida marafon ishtirokchilari ham qatnashishdi.

⚡️ «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni qatnashchilari ulkan maqsadlar bilan INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki uchun ajratilgan bo‘sh yer maydonlariga daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

🎓Ular safida filialimiz talabalari Shavkatjon Xudoyberdiyev va Javlonbek Abduvaliyevlarning borligi bizni juda quvontirdi.

🌳Kelgusida har bir nihol, albatta, ko‘kka bo‘y cho‘zib, o‘z mevasini berganidek, marafon ishtirokchilarining startap loyihalari va original g‘oyalari yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi va o‘z natijasini berishiga ishonamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Ustoz doimo eʼzozda…

Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali jonkuyar o’qituvchisi, shoir, texnika fanlari dotsenti Foziljon Mamadaliyevning tavallud ayyomlari keng nishonlandi.
Shu munosabat bilan filialimizga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasidan bir guruh mashxur adiblar va shoirlar tashrif buyurdilar. Martabali mehmonlarni filial direktori Sh.Y.Po’latov kutub olib,ularga tashrif uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so’ng mehmonlar, hamda talabalar ishtirokida, badiiy asarlar va she’riyatga oid seminar-trening bo’lib o’tdi. Tadbir davomida ustozga yaqinlari va shogirdlari tomonidan ezgi-tilaklar bildirilib, estalik sovg’alari topshirildi. Qiziqarli o’tgan seminar so’ngida, filial talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Ardoqli ustoz – 60 yoshda

Darhaqiqat, bugun Islom Karimov nomidagi TDTU Qoʻqon filiali ahil jamoasi ustoz Xotamjon Xoldorovning 60 yillik yubileyini jamoatchilik bilan keng nishonladi.

Dastavval filial direktori Sh.Y.Po’latov so’zga chiqib, o’zining samimiy tilaklarini izhor etdi.
Shuningdek, yana bir qator professor-oʻqituvchilar ustozga oʻzlarining iliq fikrlarini bildirdilar.

Biz ham ustozning tavallud ayyomlari bilan tabriklab, yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda hech qachon charchamasliklarini Yaratgandan so’rab qolamiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti     Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Talabalar kubogi

Xabaringiz bor bugun viloyat OTM lari o’rtasida futbol bo’yicha «Talabalar kubogi» bo’lib o’tdi. Bunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali futbol jamoasi viloyatdagi 8 ta OTM talabalari ishtirok etayotgan bellashuvda 4 o’rinni qo’lga kiritdi.
Barcha ishtirok etgan talabalarga filial jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.Shunday qilib filialining jamoasi 1ta 1- oʻrin «Kibersport», 3 yoʻnalishda 4-oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. Talabalarining bundan keyingi musobaqalarda bundanda yuqori oʻrinlarni egallashiga ishonamiz!!!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti