Namangan viloyatidagi Oliy taʼlim muassasalari va Toshkent texnika universiteti Qoʼqon filiali oʼrtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shu munosabat bilan oʼtkazilgan tadbirda institut rektori Sharifboy Toʼlanov, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov, Qoʼqon filiali direktori Sharifjon Poʼlatov hamda uchta oliy oʼquv yurtining professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi.
Toshkent davlat texnika universitetining Qoʼqon filiali 2018 yilda tashkil topgan. Hozirda mazkur OTMda 1000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Аyni paytda filialda 5 ta yoʼnalish ochilgan boʼlsa, yaqin kelajakda bu koʼrsatkich 30 taga yetishi kutilmoqda.
Oliy oʼquv yurtlari oʼrtasida imzolangan memorandumda oʼzaro tajriba almashish, ilmiy-uslubiy hamkorlik, professor-oʼqituvchilar almashish, xorijlik mutaxassislarni birgalikda taklif etish va boshqa masalalar oʼrin olgan.
NamMQIda boʼlib oʼtgan tadbirda Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Toshkent texnika universiteti Qoʼqon filiali oʼrtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.