Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali ma’naviyat bo’limi, kasaba uyushmasi, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar, TTJ psihologi, hamda «Yoshlar ittifoqi» bo’limi hamkorligida «Munozara» bellashuvi bo’lib o’tdi.
👨🎓👩🎓Filial bilimdonlaridan iborat ikki jamoa «Yuksalish», hamda «Bilimdonlar» bir-birlari bilan tasdiq va inkor shartlari orqali bellashdilar.
🎓Yakunda «Yuksalish»jamoasi(4-21 guruh talabalari Jo’raqulova Shaxnoza,A’zamova Dilnoza 2-20 guruh talabasi Ibrohimov Avazxon) g’olib bo’ldilar va keyingi bosqichga yo’l oldilar.
🏆G’oliblarga filial direktori Sh.Y.Po’latovning maxsus sovrini topshirildi.
⚖️Darhaqiqat,bunday tadbirlar talabalarning siyosiy bilimini yanada yuksaltirishga,ularning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.