Qahramonimiz Shavkatjon Xudoberdiev Yozyovon farzandi.
U 1997 yil 4 avgustda tugʼilgan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika unversitetining Qoʼqon filiali 4-bosqich talabasi hamda talabalar Kengashi raisi. Shu bilan birga unversitet qoshida tashkil etilgan «Yosh olimlar» kengashiga boshchilik ham qiladi.
Rus va ingliz tillarini biladi.
Shavkatjon yoshligidan elektronika sohasiga qiziqishi baland boʼlganligi sababli aynan energetika yoʼnalishini tanladi. Ilk talabalik davrlaridanoq juda faol va tirishqoqligi bilan kursdoshlari oldida ajralib turgan va turli xil tanlovlarga qatnashib, sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritib kelmoqda.
Oʼzbekistondagi energetika sohasida duch kelinayotgan muamolarga yechim topish, isteʼmolchilarni uzluksiz energiya bilan taminlashni asosiy maqsad qilgan Sh.Xudoberdiev qishloq xoʼjaligi, sanoat va ishlab chiqarish sohalarida foydalanish uchun qulay boʼladigan elektr transformatorlar, yaʼni yongʼin va portlashdan himoyalash qurilmasini oʼylab topganligi koʼpchilikning eʼtiborini tortdi. Natijada Oʼzbekiston Respublikasi Intelektuval mulk agentligidan ixtiro uchun patent olishga muvaffaq boʼldi.
Sal shamol yoki yogʼingarchilik boʼlsa, transformatorlar yonib, ishdan chiqib qolganini koʼp koʼrganmiz, – deydi Shavkatjon. – Natijada ikki-uch kunlab chiroq boʼlmaydi. Аna shu hodisalarni oldini olishda qurilma koʼpchilikka foydasi tegsa faqat xursand boʼlaman.
Oʼz faoliyatini targʼib qilish maqsadida qahramonimiz koʼplab nufuzli nashrlarda maqolalarini chop ettirdi. Oʼz sohasiga doir 38 ta maqola va ulardan 24 tasi chet el jurnalarida bosib chiqarilgan. Natijada koʼplab sertifikat, diplomlar va esdalik sovgʼalari sohibiga aylandi. Xorij jurnallarida nashr etilgan har bir maqolada muallif yangi bir ixtiro haqida soʼz yuritgan. Bu esa chet ellik soha vakillarida katta qiziqish uygʼotganligi bois taʼlimning magistratura bosqichini Shavkatjon Dubay mamlakatida davom ettirish uchun taklifnomani qoʼlga kiritdi.
Faoliyati boʼyicha qalam tebratishni yoqtiradigan yosh olimimiz ilmiy maqolar yuzasidan MDH davlatlari oʼrtasida oʼtkazilgan «Luchshiy student goda SNG – 2021» tanlovida ishtirok etib, oltin medalni qoʼlga kiritdi. Qolaversa, «Ziyo nashr» tomonidan eʼlon qilingan «Luchshaya nauchnaya statьya 2021 goda» tanlovining ham gʼolibi boʼldi.
Har doim oʼz ustida tinimsiz izlanishda boʼlgan Shavkatbek Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilinadigan koʼplab tanlovlar ishtirokchisi hisoblanadi. Xususan, «Startap», «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni kabi tanlovlarda faol ishtirok etdi. Eng muhimi, shu yili vazirlik tomonidan eʼlon qilingan «Boʼlajak olim» tanlovining gʼolibiga aylandi va 75 mln. soʼm mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, yosh ixtirochimiz Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi «Yoshlar akademiyasi» aʼzosi hamdir.
Yozyovonlik izlanuvchan “vunderkind” Shavkatjonning dadasi Nurmatjon hususiy tadbirkor. Ota-ona uchun farzandning iqbolini koʼrishdan ortiq baxt boʼlmasa kerak. Shavkatjonning erishgan yutugʼi – bu yoshlarimiz erishayotgan imkoniyat va sharoitlarning mevasi.
Tuman hokimi Dilshodjon Djalilov yosh ixtirochi Shavkatjon Xudoberdievni qabul qildi. Uning erishgan yutuqlari bilan tabriklab:
– Mustaqil yurtimiz, uning ajralmas bir boʼlagi Yozyovon uchun Sizday bilimli, salohiyatli yoshlar juda zarur, – dedi. – Shavkatjon tomonidan ixtiro qilingan qurilma juda foydali boʼladi. Faqat omad tilaymiz.