Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

“Narkotik moddalarning suiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha 2021-2025- yillarga mo‘jallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi doirasida ” tadbir

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i – N.Sharipova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari – X.Begmatov , Farg‘ona viloyati 2-dispanser xodimi – Xidirova O‘g‘ilxon, filial hamshirasi-N.G‘ofurova, filial “Yoshlar ittifoqi” universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi-H.Haydarov va talaba-yoshlar.

So‘zga chiqdi: Filial ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari-X.Begmatov u o‘z so‘zida barcha o‘quvchilarni ogoh bo‘lishga, bugungi davra suhbatidan maqsad nima ekanligini tushuntirdi, o‘quvchilarni giyohvandlik girdobiga kirib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi: So‘ng so‘zni ma’ruzachi Oʻ.Xidirova davom etirdi “Aziz o‘quvchilar, muhtaram o‘qituvchilar! Biz bilamiz-ki, bugungi kunda narkomaniya illat emas, jadal suratda epidemiyaga aylanib borayotgan kasallik. Bu kasallikni oldini olish chora tadbirlari to‘g‘risida xukumatimiz tomonidan ko‘plab qaror va topshiriqlar berilayapti. Giyoxvand moddalar iste’mol qilish odam organizmi uchun qanchalar zararli ekanligini, bir marotaba iste’mol qilgan odam shu modda girdobiga tushib qolishini, bundan qaytish uchun inson juda irodali bo‘lgandagina erisha olishini oldingi uchrashuvlarimizda xam ta’kidlagan edik. Buni sizlar juda yaxshi tushunasizlar. Giyoxvand moddaning ta’siri nafaqat o‘zingizga balki kelajak avlod uchun, ularning hayoti uchun xavflidir. Xozirgi kunda kelin-kuyovlarni nikoxdan oldingi tibbiy tekshiruvlaridan o‘tkazilyapti. Bu tekshiruv paytida giyoxvandlik kasalligi aniqlanib qolsa, bunday nikoxga yo‘l qo‘yilmaydi, bu qonun doirasida ta’qiqlangan…”-dedi. Bugungi davra suhbatidan maqsad nima ekanligini tushuntirdi. Giyohvandlik kasallik ekanligini, bu illat ko‘p yoshlarga kishan bo‘lib yopishib olayotganligini, aksariyat yoshlar aynan shu kasallik domiga tushib hayotlarini jahannamga aylantirayotganini, kasallik oqibatida ko‘pgina boshqa kasalliklar kelib chiqayotganini, OIV infeksiyasi yuqishi havfi ortayotganini va kasallikni tarqalishiga sabab bo‘layotgan ba’zi ma’lum omillarga to‘xtalib, ularning tarqalishiga ko‘p xollarda yoshlar va ayniqsa nosog‘lom turmush tarziga ega o‘smirlar sababchi bo‘layotganligini kuyunib gapirdi. Ma’ruzachi tahliliy ma’lumotlar va faktlar asosida giyohvandlik, tamaki va alkogol moddalarining girdobiga tushib qolgan insonlarning nasliga, bosh miya va yurak qon-tomir faoliyatiga, ruhiyatiga, shu bilan birga ongi va tafakkuriga ham juda katta salbiy ta’sir o‘tkazishi haqida ko‘rgazmali targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, narkologik moddalarni iste’mol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy xolati, organizmidagi o‘zgarishlari to‘g‘risida batafsil tushintirib berdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar yuqorida ta’kidlangan mavzular yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv ko‘tarinki va qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.