👉Mazkur yilning 15-noyabrdan 24-noyabrga qadar davom etadigang «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni ishtirokchilarining har bir kuni mazmunli va tomonidan bugun, 16-noyabr kuni Prezidentimiz tashabbusi bilan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida e’lon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» aksiyasida marafon ishtirokchilari ham qatnashishdi.
⚡️ «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafoni qatnashchilari ulkan maqsadlar bilan INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparki uchun ajratilgan bo‘sh yer maydonlariga daraxt ko‘chatlarini ekishdi.
🎓Ular safida filialimiz talabalari Shavkatjon Xudoyberdiyev va Javlonbek Abduvaliyevlarning borligi bizni juda quvontirdi.
🌳Kelgusida har bir nihol, albatta, ko‘kka bo‘y cho‘zib, o‘z mevasini berganidek, marafon ishtirokchilarining startap loyihalari va original g‘oyalari yurtimiz rivojiga hissa qo‘shishi va o‘z natijasini berishiga ishonamiz!