Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali jonkuyar o’qituvchisi, shoir, texnika fanlari dotsenti Foziljon Mamadaliyevning tavallud ayyomlari keng nishonlandi.
Shu munosabat bilan filialimizga O’zbekiston yozuvchilar uyushmasidan bir guruh mashxur adiblar va shoirlar tashrif buyurdilar. Martabali mehmonlarni filial direktori Sh.Y.Po’latov kutub olib,ularga tashrif uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi. Shundan so’ng mehmonlar, hamda talabalar ishtirokida, badiiy asarlar va she’riyatga oid seminar-trening bo’lib o’tdi. Tadbir davomida ustozga yaqinlari va shogirdlari tomonidan ezgi-tilaklar bildirilib, estalik sovg’alari topshirildi. Qiziqarli o’tgan seminar so’ngida, filial talabalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.