Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«TechnoWays» g’olibi

15-24 noyabr kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan «TechnoWays» texnologik rivojlanish marafonining respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Unda 300 ga yaqin ishtirokchilar o’z innovatsion g’oyalari bilan ishtirok etishdi. Yakunda mutaxassislar tomonidan qatnashchilarning loyihalari saralanib, 8 nafar g’oliblar saralab olindi.

  1. Transformatorlarni yong’indan himoyalash qurilmasi
  2. Masofadan boshqariladigan mini-tank qurilmasi
  3. VR Kamonchi simulyatsiya dasturi
  4. Fazo AI loyihasi
  5. MedSkin
  6. Immuno Tea loyihasi
  7. Water solution loyihasi
  8. Healthy progeny loyihasi

G’oliblarning har biri 15 mln so’m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi. Transformatorlarni yong’indan himoyalash qurilmasini ishlab chiqarish uchun Investorlar bilan 850 mln so’mlik dastlabki kelishuvga erishildi.

Yana 2 nafar eng yaxshi ambitsiyaga ega, kreativ ishtirokchilarga homiylar tomonidan Dubay shahrida bo’lib o’tayotgan EXPO 2020ga yo’llanma taqdim etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.