Birinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Ma’naviyat» jamoasi va inkor pozitsiyada «Burgutlar» jamoalari kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bellashuvda kichik ustunlik bilan «Burgutlar» jamoasi g’olib bo’ldi.
Ikkinchi bahsda tasdiq pozitsiyasida «Adolat» va inkor pozitsiyada «Turon» jamoasi to’qnash keldi.Qiziqarli kechgan bahsda «Turon» jamoasi katta ustunlik bilan g’olib bo’ldi.
Shu tariqa ikkinchi yarim finalchilar ham aniq bo’ldi.
Darhaqiqat, bellashuv davomida filialimiz talabalarining notiqlik mahorati o’yindan-o’yinga ochilib bormoqda.Bu esa ular uchun, kelajakda muhim qadam bo’lajak.