Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Yangi yil tabrigi

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar va ularning ota-onalari! Barchalaringizni yurtimuz bo’ylab kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman! Vatanimiz tinch-osoyishta, obod va ozod bo’lishini, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o’z mevalarini berishida hormay-tolmay, samarali mehnat qilishlaringizga tilakdoshman. Mustahkam sog’lik, katta yutuqlar, to’kin dasturxon doimo hamrohingiz bo’lsin! Filialimiz gullab-yashnashi, Yangi O’zbekistonimizning oliy ta’lim muassasalari qatorida munosib o’rin egallashini Ollohdan so’raymiz.

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Faollar taqdirlandi!

Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali «Yoshlar ittifoqi» BT raisi H.Haydarov Farg’ona viloyati O’zLiDep kengashi raisi R.I.Kamolov tomonidan partiya hizmatlarida faolligi uchun taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktori Sh.Y.Pulatov, fakultet dekani M.Maqsudov, ilmiy ishlar bo’yicha sektor rahbari T.Bo’tayev, ta’lim sifat nazorat bo’lim boshlig’i M.Mansurov, ishlar boshqarmasi boshlig’i I.Sotvoldiyev Qoʻqon shahar hokimi Marufjon Aʼzamovich tomonidan Qo’qon shaxridagi ijtimoiy-madaniy sohada faolligi uchun taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Yangi yil» bayram tadbiri

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Yangi yil» bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Bayram munosabati bilan filial direktori Sh.Y.Pulatov barcha jamoadoshlarga yuksak ezgu tilaklar tiladilar. Yurtimizning taraqqiyotida hech ham charchamaslikni tiladilar. 2022-yilda yurtimiz va jamoamiz ahl-inoqlik bilan yuksak marralarni egallashlariga erishish nasib etsin deya oʻz fikrlarini yakunladilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi – ta’lim sifatini oshirish garovidir!

So‘ngi uch yildan beri mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarining reytingi e’lon qilinib kelinyapti. Reyting tuzish va uni e’lon qilish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini yaratadi. Oliy ta’lim muassasalarining reyting darajasini aniqlashda u yerda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy pedagogik salohiyati yuqoriligi, muassasaning barqaror moliyaviy faoliyati, moddiy-texnik bazasi yetarli darajadaligi muhim mezon sanaladi.

Ta’lim sohasi taraqqiyoti ko‘pincha moliyalashtirish ko‘lami va olingan moliyaviy resurslardan samarali foydalanish darajasiga bog‘liq. Shuning uchun turli mamlakatlarda ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyalashtirish ko‘lami bir-biridan tubdan farq qiladi. Ba’zi mamlakatlar kam mablag‘ talab qiladigan islohotlarni tanlasalar, boshqa mamlakatlar katta moliyaviy resurslarni talab qiladigan yirik islohotlarni amalga oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qaroriga muvofiq bir necha oliy o‘quv yurtlariga sinov-tajriba tariqasida moliyaviy mustaqillik berildi va tajriba o‘zining ijobiy samarasini berdi.

Aynan shu holatlarni e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kuni-kecha qabul qilingan «Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida»gi 60-sonli va «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 61-sonli qarorlar asosida oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish orqali ularni rivojlantirish va samarali boshqarish uchun dolzarb vazifalar qo‘yildi va yangidan-yangi imkoniyatlar ochdi.

Ta’lim xizmatlari bozorida yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqoriligini inobatga olib, yangi yo‘nalishlar ochilishi hamda aholiga ta’lim xizmatlarini taklif qilish borasidagi mustaqillik oliy ta’lim muassasasining nufuzini ko‘tarilib borishiga hissa qo‘shadi. Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini kengaytirish, moliyalashtirishning ko‘p tarmoqligi, qayta sarmoyalanish tamoyiliga asoslanish esa ta’lim jarayonini jahonning ilg‘or oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish borasida qo‘yilgan katta qadamdir. Oliy ta’lim tizimini keng darajada moliyalashtirishni tartibga solish bilan uning yangi talablar va muammolarga mos tarzda javob bera olishiga yo‘l ochiladi.

Qabul qilingan qarorlarda kadrlar masalasiga ham keng o‘rin berilgan. Oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarini yanada kengaytirish va mavjud mablag‘lardan samarali foydalanishga erishish bilan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchi va xodimlariga motivatsiya berish tizimi faollashadi. Qarorning mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilash kabi bandlari kadrlarning ilmiy potensial darajasini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Xorijlik professor-o‘qituvchilar va talabalarni jalb qilinishi oliy ta’lim muassasasini kelgusida jahonning reyting agentliklari tomonidan e’lon qilinadigan TOP-1000talik ro‘yxatiga kiritish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarini mustahkamlaydi.

Oliy ta’lim muassasasini bitirib chiqayotgan istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga yuborish kabi maqsadli harakatlar kelajakda oliy ta’lim muassasasi uchun salohiyatli kadrni tayyorlash imkonini beradi.

Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga soliq imtiyozlarini tatbiq etilishi, ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llanilishi va bojxona bojidan ozod qilish bo‘yicha berilayotgan imtiyozlar ularning moddiy texnik bazasini yanada boyitish va oliy ta’lim muassasalariga yana bir karra o‘zining reyting darajasini ko‘tarish yo‘lida marketing sohasini rivojlantirishga turtki beradi.

Shuningdek, qarorlarda oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi ikki qismdan iborat bosqichda isloh qilinishi ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichda – 2022 yil 1 martgacha «O‘quv jarayonini boshqarish» qismi joriy qilinib, davomat, o‘zlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallari raqamlashtiriladi. Ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 mayga qadar «Ta’lim sifatini nazorat qilish» qismi joriy etilishi ma’lum qilingan. 2022 yil yakunigacha barcha davlat OTMlarning o‘quv adabiyotlari to‘liq elektronlashtirilib, yagona «Elektron kutubxona» platformasi ishga tushiriladi. Bu talabalar uchun mustaqil ta’lim olish, o‘z ustida muntazam ishlash, ma’lumotlardan qulay usulda foydalanish imkoniyatini beradi.

Yuqoridagi Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida samarali ijro etilishi Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingi va raqobatbardoshlik darajasini oshiradi.

Sh.Y.Pulatov,

TDTU Qo‘qon filiali direktori.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Innovatsion haftalik

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Innovatsion haftalik» doirasida tashkil etilayotgan yosh olimlarning loyihalari expert nazoratidan oʻtdi.Xususan, Ravshanov Lazizbek, Sadriddin Zayniddinlar oʻz loyihalarini taqdim etdilar.»Innovatsion haftalik» davom etmoqda…

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida «Innovatsion haftalik» doirasida tashkil etilayotgan «innoweek presintation» master-klass boʻlib oʻtdi.Unda Xudoyberdiyev Shavkatjon, Abduvaliyev Javlonbek kabi muvoffaqiyatga erishgan talabalar filial talabalariga oʻz loyiha yutuqlarining siri, bosqichlari va qiyinchiliklari kabi oʻzlarining qimmatli maslahatlarini berdilar.»Innovatsion haftalik» davom etmoqda…

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

E’tibor-ragʻbat kelajak avlodning o’z ustida izlanishiga zamindir.

🟢Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filialining ma’naviy, ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hamda innovatsiya bo’yicha faol talabalari filial tomonidan moddiy rag’batlantirildi.

🔵Iqtidorli va moddiy yordamga muhtoj bir nechta talabalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravardan 10 baravargacha bo’lgan miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

🟣Shu bilan birgalikda, barcha moddiy rag’batlantirilgan talabalarning ota-onalariga, filial direktori Sh.Y.Po’latov tomonidan tashakkurnomalar taqdim qilindi.

🇺🇿Albatta,Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan bunday e’tibor, barchani ona vatanga sadoqat ruhida ulg’ayishiga va shu vatan uchun fido bo’lishga undab qoladi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya

«Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida oʻtkazilayotgan «Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya» loyihasining respublika bosqichi yakunlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabasi Abduvaliyev Javlonbek «Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya» respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib gʻolib boʻldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti     Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari bo’yicha master-klass

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida O’sh texnologiya universiteti professori Sarimsoqov Adilxon Azimjonovich hamkorligida o’quv va ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari bo’yicha professor oʻqituvchilarga master-klass tashkil etdi. Bu esa oʻz navbatida filialning nufuziga oʻz samarasini beradi.Professor Sarimsoqov Adilxon Azimjonovich oʻz xizmat safarini yakunladi va filial direktori Sh.Y.Pulatov tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi. Hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.

Shuningdek, hamkorligida o’quv va ilmiy tadqiqot ishlari bo’yicha talabalarga ikki kunlik seminar tashkil etildi.Talabalar oʻz mutaxasisligi boʻyicha kerakli maʼlumotga ega boʻldilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Filial talabasi-O’zbekiston chempioni

Filial 3-bosqich, 6-19(TMO) talabasi Mutalapov Damir, Aviamodel va raketamodel yaratish bo’yicha O’zbekiston chempioni bo’ldi.

✍️Mas’ullarga filial direktori Sh.Y.Po’latov tomonidan, g’olibni moddiy rag’batlantirish bo’yicha topshiriq berildi.

💫Chempion talabamizni filial raxbariyati va «Yoshlar ittifoqi» jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

👏G’alabali odimimiz bardavom bo’lsin!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti