Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

1-dekabr- Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni

O‘zbekiston Respublikasi Farg’onja viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasi viloyat OITSga qarshi kurash markazining 2021-yil 5-noyabrdagi 01-06/1685 sonli topshiriqg’I ijrosini ta’minlash maqsadida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unuversiteti Qo‘qon filiali tomonidan “1-dekabr- Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlab “OITS pandemyasiga barxam. Tengsizlikni tugatish” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Filial dekan o‘rinbosari X.Begmatov so‘zga chiqib «1-dekabr- Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni»ga bag‘ishlab «OITS kasalligi va uning oldini olish chora-tadbirlari» mavzusida o‘tkazilishini aytdi va so‘zni filial hamshirasi N.G’ofurofaga berdi.
N.G’ofurova OITS kasalligi to‘g‘risida umumiy tushunchalar berdi va hozirgi vaqtda bu kasallik soni ortub borayotganligini aytdi. So‘ngra oila markazi M.Omonovaga so‘z berdi. talabalarga OITS kasalligi haqida gapirib berdi. OITS kasalligining belgilari, klinikasi, yuqish yo‘llari va kasallikni oldini olish chora-tadbirlari haqida gapirib berdi. Hozirgi vaqtda ushbu kasallik butun dunyo bo‘yicha tarqalib, ko‘payib borayotganligi va buning asl sabablari nimada ekanligi haqida tushuntirib, hayotdan misollar keltirib gapirib berdi. Asosan bu kasallikka kimlar chalinishi haqida aniq faktlar keltirgan holda ma’lumotlar berdi. OITS kasalligiga chalingan insonlar albatta sir saqlanishini aytdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar yuqorida ta’kidlangan mavzular yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Uchrashuv ko‘tarinki va qiziqarli ruhda bo‘lib o‘tdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.