Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʼqon filiali 4-bosqich talabasi, Shavkat Xudoyberdiev viloyat rahbariga oʼz ixtirosini, yaʼni ustozlari koʼmagida yaratgan transformatorlarni yongʼin va portlashdan himoyalash qurilmasini namoyish etdi. Ushbu qurilma va uning afzalliklari viloyat hokimining eʼtiborini tortdi. Shavkatjon ushbu qurilmani ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyish uchun boʼsh bino hamda moddiy koʼmak masalasida viloyat hokimiga qilgan murojaati ijobiy hal etiladigan boʼldi.