Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Prokuratura xodimlari bilan suhbat

Bugungi tadbirda bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlardan biri prokuratura tizimining faoliyati, bu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning mazmun-mohiyati hamda bu sohada korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning  yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish uchun so‘z Qo‘qon shahar prokurori yordamchisi X.Rahimovga berildi.

 X.Rahimov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining  asosiy vazifalari qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilishdan iborat ekanligini,  ular faoliyatining asosiy prinsiplari birlik, markazlashganlik, qonuniylik, mustaqillik va oshkoralikdir deya ta’kidladi.

Prokuratura organlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladigan yagona markazlashgan tizimni tashkil etadi hamda quyi turuvchi prokurorlar yuqori turuvchi prokurorlarga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Ma’ruza davomida mavzuga aloqador taqdimot talabalarga taqdim etilib, ularga keng tushunchalar berib o‘tildi.

Mavzu doirasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalib, so‘nggi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi haqida misollar keltirilib tushuntirib berildi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozarali tarzda o‘tdi. Talabalardan Valiyev Barkamol: «Mualliflik huquqi» va «Kiber havfsizlik» haqida savol berdi; Shohrux Ismatullayev: «Nizoli holatlarda qanday yoʻl tutish» toʻgʻrisida savol berdi; Muhammadaziz Ilyosov: «Mahkum va mahbusning farqi» nima ekanligi toʻgʻrisida savol berdi.  Talabalar nafaqat o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib qolmasdan, balki o‘zlari ham mavzu bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini ham aytib o‘tishdi.Tadbirdan talabalar o’ziga tegishli xulosa chiqardilar.                                               

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.