Qadrli hamkasblar, aziz talabalar va ularning ota-onalari! Barchalaringizni yurtimuz bo’ylab kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman! Vatanimiz tinch-osoyishta, obod va ozod bo’lishini, oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar o’z mevalarini berishida hormay-tolmay, samarali mehnat qilishlaringizga tilakdoshman. Mustahkam sog’lik, katta yutuqlar, to’kin dasturxon doimo hamrohingiz bo’lsin! Filialimiz gullab-yashnashi, Yangi O’zbekistonimizning oliy ta’lim muassasalari qatorida munosib o’rin egallashini Ollohdan so’raymiz.