Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Kengaytirilgan kengash

2022-yil 12-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktori Sh.Y.Pulatov boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi videoselektordagi asosiy vazifalar va Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yilda amalga oshirilishi kerak boʻladigan «Taraqqiyot strategiyasi» mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan kengaytirilgan kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Soʻzni filial direktori Sh.Y.Pulatov boshlab berdi. Videoselektordagi barcha masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini takidlab oʻtdi. Filialning masʼul rahbarlariga tegishli topshiriq va vazifalar yuklatildi. Shundan soʻng ilmiy va innovatsiya boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Kushimovning hisoboti, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov taʼlim va amaliyot tahlili, filialning marketing va talabalar amaliyoti boʻlim boshligʻi F.Yakubovaning filial bitiruvchilari amaliyoti yuzasidan maʼlumotlar berdilar. Kengash tanqidiy va muhokamalarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Audiochat

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida 2022-yil 25,26,27-yanvar kunlari Hemis dasturidagi nosozliklar va talabalarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida audiochat tashkil etildi.
Uni Moderator: Yoshlar yetakchisi – H.Haydarov
Spiker: ATM boshligʻi – A.Jumaqulov
Spiker: Matbuot boʻlimi kotibi – H.Begmatovlar olib bordi.
Audiochat orqali olingan savollarga aniq javoblar berildi va tegishli masʼullar tomonidan muammolarni bartaraf etish choralari koʻrib chiqildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Call-Markaz tashkil etildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida o‘quv mashg’ulotlari, konsultatsiyalar, ONLINE dars, ZOOM darslar va boshqa qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida Call-Markaz tashkil etilgan.

Markaz rahbari Omonov Davronjon
Tel:+998936439203
Xudoynazarov Azizjon
Tel:+998911013848
Inomov Donyorjon
Tel:+998905863133
Parpiyev Vaxobjon
Tel:+998979441084
Matbuot xizmati xodimi Begmatov Xurshidbek
Tel:+998916970980
«Yoshlar ittifoqi» BT raisi Haydarov Hasanjon
Tel:+998901511148

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

ONLINE Suhbat

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universtitetining Qoʻqon filialida «ONLINE» suhbat tashkil etildi. Asosiy masala 2022-yil 24-yanvardan maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, bir oy muddatda epidimyologik vaziyatning keskinlashkanligi sababli «ONLINE» darslarni tashkil etish yuzasidan masʼul rahbarlar direktor Sh.Y Pulatov, oʻquv uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov, fakultet dekani M. Maqsudov, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Asqarov, filial ATM rahbari A.Jumaqulov, Yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari X.Begmatov, Yoshlar Ittifoqi raisi X.Xaydarovlar talabalar bilan online suhbat olib bordi. Unga koʻra, bir oy mobaynida amalga oshirilishi zarur boʻlgan oʻquv va manaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.Suhbat soʻngida amalga oshirilishi zarur boʻlgan taklif va muammolarni bartaraf etish yuzasidan filial direktori Sh.Y.Pulatov tegishli masʼul rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Kengash yig’ilishi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida direktor Sh.Pulatov boshchiligida navbatdagi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Asosiy masala 2022-yil 20-yanvardagi Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq talabalarning qishki tatili 2022-yil 24-yanvardan keyin 1 oy muddatga uzaytirilganligi munosabati bilan Talabalarga ONLINE oʻquv darslarni oʻquv-grafik asosida tashkil etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, tanlov, viktorinalarni tashkil etish, talabalarning oʻqishini qayta tiklash boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

«Bo’lajak olim» tanlovi g’olibi

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan 2021-yilda tashkil etilgan «Bo’lajak olim» tanlovi doirasida «Ilmiy g’oya» yo’nalishida g’olib bo’lgani uchun Xudoberdiyev Shavkatjon Nurmatjon o’g’li ushbu sertifikat bilan taqdirlanadi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Salomatlik eng ulugʻ boylik

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida professor-oʻqituvchilarga COVID-19 ning navbatdagi toʻlqini va OMICRON haqida filial shifokori N.Gʻofurova tomonidan tushuntirish berildi.Bundan tashqari vaksinatsiya jarayonida toʻliq emlanishi va yangi shtampning alohida belgilari husudida tushuntirish berib oʻtdi. Unutmang! Salomatlik- barchamiz uchun end ulugʻ boylikdir.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

SILLABUS. Seminar-trening.

Joriy yilning 18-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida professor-oʻqituvchilarga N.Xolmirzayev tomonidan SILLABUS va uning oʻziga xosligi yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Zero, jahon standartlari asosida oʻquv jarayonlarini tashkil etish
3- Renesans yoshlarni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Sport – sogʻlik garovi!

⛳️ Bugun 14 – yanvar «Vatan himoyachilari» kuniga bagʻishlab, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali mini futbol maydonida, filial xodimlari va «Yoshlar ittifoqi» yetakchilari ishtirokida, futbol uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.

⚽️ Mini futbol musobaqasida jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Unda filial direktori Sh.Y.Pulatov boshchiligidagi «Yoshlar ittifoqi» jamoasi, «Yosh oʻqituvchilar jamoasi, «ATM xodimlari» hamda, «Tyutorlar» jamoasi oʻzaro bellashdilar.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

⚡️ Oʻyinlar juda qizgʻin va murosasiz tarzda boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvdagi yakuniy natijalar bilan tanishing!
🏆 Super chempion – «Yoshlar ittifoqi» jamoasi;
🥇 1-oʻrin «Yosh oʻqituvchilar» jamoasi;
🥈 2-oʻrin «Tyutorlar» jamoasi;
🥉 3-oʻrin «ATM xodimlari» jamoasi;

✅ Gʻoliblar filial direktori Sh.Y.Poʻlatov tomonidan maxsus kubok va sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

👉 @tdtufilialquqon