Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Xalqaro munosabatlar – «Yangi Innovatsiya uchun bir qadam»

Bugun Islom Karimov nomidagi TDTU Qo’qon filiali professor-oʻqituvchilari, Yaponiyaning Nagoya universiteti professori, Nobel mukofoti sovrindori, Xiroshi Amano tomonidan tashkil etilgan Zoom konferensiya tadbirida ishtirok etdilar.

O’zbekiston-Yaponiya halqaro aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan konferensiyada professor Xiroshi Amano «LED chiroqlari tarixi va uning samaradorligi» boʻyicha ilmiy-izlanishlarini taqdimot ko’rinishida bayon etdi.

Shuningdek, professor ilm-fan taraqqiyoti yoʻlidagi hayotiy tajribalarini va bosib o’tgan hayot yo’lini seminar qatnashchilariga bayon qildi.

Yig’ilish so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga professor Xiroshi Amano tomonidan javob oldilar. Ushbu Zoom konferensiya filialning yosh izlanuvchan professor-o’qituvchilarida juda katta taassurot qoldirdi.

   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.