Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Qo‘shnilarimizda tezroq tinchlik bo‘lsin!

Mo‘tabar hadislarimizda tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlanib, “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U – xotirjamlik va sihat-salomatlik” deya rivoyat qilinadi.

Bir necha kundan beri qardosh xalq, asriy qondosh qozoq yurtida sodir bo‘layotgan mudhish holatlar insonni mavjud tinchlikni qadriga yetishga chaqiradi. Xalqimizda bir kun janjal bo‘lgan uydan qirq kun baraka ko‘tarilar degan naql bor.

Iqtisodni, rivojlanishni ortga suradigan bunday notinchliklardan manfaat ko‘zlagan ayrim kimsalar xalq, millat taraqqiyotini ortga surmoqdala.

Tinchlik qaror topgan jamiyatda har tomonlama yuksalish va rivojlanish ro‘y beradi. Shu sababli biz qo‘shni, qardoshimiz bo‘lgan qozoq yurtida tezroq tinchlik o‘rnatilishi tarafdorimiz.

Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik barqarorligini ta’minlash yo‘lida davlatimiz tomonidan katta ish olib borilayotgani bizning baxtimizdir. Tinchlik, xotirjamlikni saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, fitna va bo‘htonlardan himoya qilish, g‘arazli va manfur kimsalarning makr va puch g‘oyalariga uchmasdan, aldanmasdan, yosh avlodlarimizni ham ulardan xabardor qilib, ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etishni dolzarb vazifa sifatida bilmog‘imiz zarur.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali direktori, texnika fanlari doktori, dotsent Sh.Y.Pulatov.

Posted in Uncategorized.