?Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida qishgi ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida 2022-yil 7-yanvardan 24-yanvargacha «Yoshlar ittifoqi»ning @TDTU2 telegram kanalida onlayn shaklda o’tkaziladigan, ma’naviy-ma’rifiy tanlovlarini e’lon qilamiz!
✅ Qadrli talabalar, vaqtingizdan unumli foydalangan holda quyidagi tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin:
? Tanlav nomi: «Oilam baxtim» foto selfilar tanlovi;
– Tanlov shartlari: Har bir talaba o’z oilasi davrasida birga tushgan rasmlarini kanal admini @Haydarov_Hasanjon ga yuboradi.
– G’olib kanal a’zolari o’rtasida ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.
– Muddat: 04.01.2022 dan 23.01.2022 gacha;
? Tanlov nomi: «Bilimdon» bellashuvi;
– Tanlov shartlari: Har kuni talaba-yoshlarni siyosiy bilimini oshirish maqsadida @TDTU2 kanalida soat 20:50 da Prezident qarorlari, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, hamda sport mavzulariga oid savollar joylanadi va 21:00 ga qadar javob berish uchun muddat beriladi.
– G’olib har oyda natijalariga asosan aniqlanadi.
– Muddat: Yil davomida;
? Tanlov nomi: «Mening himoyachim» selfilar tanlovi;
– Tanlov shartlari: Filial talabalari va uyushmagan yoshlar o’z himoyachisi (dadasi, akasi, ukasi, turmush o’rtog’i) ishtirokida fotoselfilarini kanal admini @Haydarov_Hasanjon ga yuboradi.
– G’olib ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.
– Muddat: 10.01.2022 dan 14.01.2022 gacha;
? Tanlov nomi: «Men sog’lom turmush tarafdoriman» videoroliklar tanlovi;
– Tanlov shartlari: «Besh tashabbus» ning sport yo’nalishida talabalarning o’zlari qiziqqan sport turidan shug’ullanish jarayoni videoroligini kanal admini @Haydarov_Hasanjon ga yuboradi.
– G’olib ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.
– Vaqti: 1 daqiqadan 3 daqiqagacha;
– Muddat: 14.01.2022 dan 19.01.2022 gacha;
? Tanlov nomi: «San’atga oshufta qalblar» tanlovi;
– Tanlov shartlari: Talabalar musiqa, raqs, she’riyat va cholg’u asboblaridan foydalangan holda videorolik tayyorlab, kanal admini @Haydarov_Hasanjon ga yuborishi talab etiladi.
– G’olib ovoz berish yo’li bilan aniqlanadi.
– Vaqti: 1 daqiqadan 3 daqiqagacha;
– Muddat 19.01.2022 dan 24.01.2022 gacha;
? Tanlov g’oliblari I, II, III darajali diplom, pul mukofotlari,esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.Gʼoliblar @TDTU2 va https://t.me/tdtufilialquqon telegram kanallarida eʼlon qilinadi.
✍️Unutmang vaqt oliy neʼmatdir. Bundan unumli foydalanish barchamizning qo’limizdadir. Barcha bilimdon ishtirokchilarga omad yor boʻlsin!