“TARAQQIYOT STRATEGIYASI”
Yangi Oʻzbekistonning “2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi”ning loyihasi xalqimizning muhokamasiga qoʻyildi. Dunyo maydonida munosib nufuzga ega boʻlgan, obod va farovon mamlakatga aylantirishni maqsad qilgan ushbu tarixiy hujjat loyihasi boʻyicha fikr bildirish barchamiz uchun sharafdir.
«Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi»da yurtimizning har bir fuqarosini huquq va erkinliklari, huquqiy manfaatlari eng oliy qadriyat ekanligi barchaga maʼlum. Taraqqiyot strategiyasi “inson – jamiyat – davlat” tushunchasi yangi tamoyil asosida ishlab chiqilgan.
Yangi Oʻzbekistonning “2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi”ning loyihasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida kenroq muhokama qilindi.
Filial rahbar-xodimlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, loyihaga kiritilgan rejalar, bajariladigan vazifalar bilan yaqindan tanishdilar.