Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filialida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Seminar-treningda kredit-modul (HEMIS) dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, kredit-modul tizimida o’quv jarayonining me’yoriy-uslubiy ta’minoti, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, kredit-modul tizimini raqamlashtirish, kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ishi, kredit-modul tizimida pedagoglar faoliyati va o’zlashtirishni baholash tizimi to’g’risida ma’lumotlar berildi.