⛳️ Bugun 14 – yanvar «Vatan himoyachilari» kuniga bagʻishlab, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali mini futbol maydonida, filial xodimlari va «Yoshlar ittifoqi» yetakchilari ishtirokida, futbol uchrashuvlari boʻlib oʻtdi.
⚽️ Mini futbol musobaqasida jami 4 ta jamoa ishtirok etdi. Unda filial direktori Sh.Y.Pulatov boshchiligidagi «Yoshlar ittifoqi» jamoasi, «Yosh oʻqituvchilar jamoasi, «ATM xodimlari» hamda, «Tyutorlar» jamoasi oʻzaro bellashdilar.
⚡️ Oʻyinlar juda qizgʻin va murosasiz tarzda boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvdagi yakuniy natijalar bilan tanishing!
? Super chempion – «Yoshlar ittifoqi» jamoasi;
? 1-oʻrin «Yosh oʻqituvchilar» jamoasi;
? 2-oʻrin «Tyutorlar» jamoasi;
? 3-oʻrin «ATM xodimlari» jamoasi;
✅ Gʻoliblar filial direktori Sh.Y.Poʻlatov tomonidan maxsus kubok va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
? @tdtufilialquqon