Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universtitetining Qoʻqon filialida «ONLINE» suhbat tashkil etildi. Asosiy masala 2022-yil 24-yanvardan maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq, bir oy muddatda epidimyologik vaziyatning keskinlashkanligi sababli «ONLINE» darslarni tashkil etish yuzasidan masʼul rahbarlar direktor Sh.Y Pulatov, oʻquv uslubiy boʻlim boshligʻi M.Qambarov, fakultet dekani M. Maqsudov, oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari A.Asqarov, filial ATM rahbari A.Jumaqulov, Yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari X.Begmatov, Yoshlar Ittifoqi raisi X.Xaydarovlar talabalar bilan online suhbat olib bordi. Unga koʻra, bir oy mobaynida amalga oshirilishi zarur boʻlgan oʻquv va manaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan talabalarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.Suhbat soʻngida amalga oshirilishi zarur boʻlgan taklif va muammolarni bartaraf etish yuzasidan filial direktori Sh.Y.Pulatov tegishli masʼul rahbarlarga topshiriqlar berdi.