Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Kengaytirilgan kengash

2022-yil 12-yanvar kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali direktori Sh.Y.Pulatov boshchiligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi videoselektordagi asosiy vazifalar va Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yilda amalga oshirilishi kerak boʻladigan «Taraqqiyot strategiyasi» mazmun-mohiyati hamda undan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan kengaytirilgan kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Soʻzni filial direktori Sh.Y.Pulatov boshlab berdi. Videoselektordagi barcha masalalar yuzasidan oʻz fikrlarini takidlab oʻtdi. Filialning masʼul rahbarlariga tegishli topshiriq va vazifalar yuklatildi. Shundan soʻng ilmiy va innovatsiya boʻyicha direktor oʻrinbosari B.Kushimovning hisoboti, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari R.Anorov taʼlim va amaliyot tahlili, filialning marketing va talabalar amaliyoti boʻlim boshligʻi F.Yakubovaning filial bitiruvchilari amaliyoti yuzasidan maʼlumotlar berdilar. Kengash tanqidiy va muhokamalarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.