Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Yanvar oyi – bilimdoni

Yanvar oyi – bilimdoni.

Tanishing: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali «Yoshlar ittifoqi»ning @TDTU2 telegram sahifasida boʻlib oʻtgan Zakovat intelektual oʻyinining yanvar oyidagi gʻolibi Nabixonov Saidjalolxon Lazizxon oʻgʻli.
Nabixonov Saidjalolxon Lazizxon o’g’li 1999-yil 11-avgustda Farg’ona viloyat Quva tumanida tugʻilgan. Oilada uch nafar farzand. 2006-yil Quva tumanidagi 60-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 1-sinfga qabul qilingan. 2014-yil shu maktabni oliy baholarga tamomlab, Quva ijtimoiy va iqtisodiyot kollejiga qabul qilingan. 2018-yil o’qishni tamomlab, 2019-yil muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan. 2020-yil muddatli harbiy xizmatni imtiyoz bilan tamomlagan. Talaba boʻlgunga qadar, hususiy kompaniyada bosh menejer lavozimida ishlagan. 2021-yil harbiy imtiyoz bilan davlat granti asosida Islom Karimov nomidagi TDTU Qoʻqon filialiga oʻqishga qabul qilindi.
Yoshlikdan sportning karate turi bilan muntazam shugʻullanadi. Boʻsh vaqtida kitob o’qishga qiziqadi.
Kelajakdagi asosiy maqsadi, Oliy Majlis deputati boʻlib, xalq hizmatida, insonlar ogʻirini yengil qilish.

? Shuningdek Nabixonov Saidjalolxon filial Zakovat klubining rasmiy aʼzoligiga qabul qilindi.

? Gʻolib bilimdonimiz, anʼanaviy taʼlim boshlangach, filial raxbariyati tomonidan, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Posted in Uncategorized.