Fargʻona viloyati hokimining topshirigʻiga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialidan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi M.Maqsudov boshchiligida ishchi guruh Margʻilon shahar Bahrin MFY hududiga tashrif buyurdi.MFY faollari va viloyat hokimligi hamkorligida IT yoʻnalishi boʻyicha uyushgan va uyushmagan yoshlarni jalb etish ularni «1 million dasturchi»,»Dasturlashga bir qadam» loyihasi asosida oʻqitish masalasi yuzasidan yoshlar bilan muloqot oʻtkazishdi va takliflari asosida doimiy ishlash uchun «yoʻl haritasi» ishlab chiqilmoqda.Zero yoshlarni jahon yoshlari bilan tenglashadigan yetuk malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.