Fargʻona viloyati hokimining topshirigʻiga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialidan yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi M.Maqsudov boshchiligida ishchi guruh Margʻilon shahar Bahrin MFY hududiga tashrif buyurdi.MFY faollari va viloyat hokimligi hamkorligida IT yoʻnalishi boʻyicha uyushgan va uyushmagan yoshlarni jalb etish ularni «1million dasturchi», «Dasturlashga bir qadam» loyihasi asosida oʻqitish masalasi yuzasidan yoshlar bilan oʻzlarining qiziqishlari, IT-haqida savol-javob oʻtkazdilar. Bahrom MFY faollari bilan IT uchun alohida markaz tashkil etish, WIFIni oʻrnatish, Mahalla guzarlarida IT dasturini oʻrgatish uchun alohida joylarni tashkil etish masalalarini yuzasidan oʻrganish ishlari olib bordilar.