Bugun Islom karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo’qon filiali direktori Sh.Y.Pulatov boshchiligida 2-3-4-bosqichlarda 2-semestr boshlanishi bilan tyutorlar bilan birgalikda filial talabalariga davra suhbati bo’lib o’tdi. Ularga o’quv mashg’ulotlarida muntazam davom ettirish kerakligi, odob-axloq qoidalariga rioya etish, ma’naviy-marifiy ishlarda faol bo’lish, shahar, viloyat, respublika tanlovlarida faol qatnashishlarini alohida ta’kidladi. Bundan tashqari Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning ilmiy izlanishlari yuzasidan talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi.