✅ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali 4 – bosqich 4_18 EEE guruh talabasi Shavkatjon Xudoyberdiyev izlanuvchan ixtirochi yoshlarimizdandir.
✅ U oʻtgan yili MDH davlatlari o’rtasida o’tkazilgan «Лучший студент года СНГ – 2021» tanlovida ishtirok etib, oltin medalni qo’lga kiritgan. Qolaversa, “Ziyo nashr” tomonidan e’lon qilingan, “Лучшая научная статья 2021 года” tanlovining ham g‘olibi bo‘ldi.
✅ Har doim o‘z ustida tinimsiz izlanishda bo‘lgan Shavkatbek Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan ko‘plab tanlovlar ishtirokchisi hisoblanadi. Xususan, “Startap”, “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni kabi tanlovlarda faol ishtirok etdi. Eng muhimi, shu yili vazirlik tomonidan e’lon qilingan “Bo‘lajak olim” tanlovining sohibiga aylandi va 75 mln so‘m mukofot bilan taqdirlandi.
✅ Darhaqiqat, Shavkatjonning ilm izlanishdagi bosib oʻtgan mashaqqatli yoʻli, filialimiz talabalari uchun haqiqiy motivatsiyadir.