Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 539-yilligiga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda filial ma’naviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi N.Sharipova, «Yoshlar ittifoqi» BT raisi H.Haydarov, tyutorlar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda iqtidorli talabalar Bobur hayoti, bosib oʻtgan yoʻli, ijodi haqida soʻz yuritdi.

Tadbir ishtirokchilari Boburning goʻzal xulq-atvor egasi, taqvo, shijoat, halollik, vafodorlik, sabr-toqat, himmat, adolat, rahm-shafqat kabi hislatlarni mujassamlagan va bu hislatlar uning ijodida ham oʻz ifodasini topganligini qayd etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida filial rasmiy telegram sahifasida boʻlib oʻtgan «Buyuk allomalarimiz merosi – bebaho xazina» tanlovi gʻoliblari aniqlandi va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.