Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Oʻz iqtidoringni namoyon et

✅ Bugun, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida, iqtidorli talaba-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, «Oʻz iqtidoringni namoyon et» videoroliklar tanlovi gʻoliblarini aniqlash marosimi boʻlib oʻtdi.

✅ Tadbirda maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, filial xotin-qizlar qoʻmitasi raisi N.Sharipova, yoshlar masalasi boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Begmatov, tyutor Z.Egamberdiyeva, yoshlar yetakchisi H.Haydarov, talabalar kengashi raisi Sh.Xudoyberdiyev va bir qator iqtidorli talaba-qizlar Ishtirok etishdi.

? Tadbir davomida barcha ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar ekspertlar tomonidan koʻrib chiqildi. Yakunda gʻoliblik 1- bosqich 4_21 MYaMT guruh talabasi Olimova Tabassumxonga nasib etdi.

Shuningdek, filial jamoasi nomidan, bir oy davom etgan tanlovda faol ishtiroki uchun, barcha talaba- qizlarimizga minnatdorchilik bildiramiz!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti   Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Posted in Uncategorized.