? Bugun Qoʻqon shahar Jome majmuasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali talabalari tomonidan tayyorlangan, amaliy sanʼat va texnikaga oid koʻrgazma bilan bir qatorda, ular oʻrtasida «Munozara» bellashuvi ham boʻlib oʻtdi.
? Intelektual bellashuvda filialning 1-bosqich talabalaridan iborat «Uchinchi renessans» jamoasi, 2- bosqich talabalaridan iborat «Al-Xorazmiy» jamoasi ustidan kichik ustunlik bilan gʻalaba qozondi.
? Yakunda «eng yaxshi notiq» deb, 1-bosqich 6_21 EA guruh talabasi Bahodirov Sardorbek topildi.
Gʻolib jamoa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.