Toshkent davlat texnika universiteti Qoʼqon filialidagi xotin-qizlar oʼrtasida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bagʼishlangan bayram tadbiri boʼlib oʼtdi. Filial qizlari Zulfiya ijodiga oid sheʼr va qoʼshiqlarni ijro etdilar. Shuningdek tadbirda soch turmaklash boʼyicha musobaqa ham tashkil etildi. Tadbir soʼngida qizlarni oilaga tayyorgarlik koʼrish boʼyicha savol-javob ham boʼlib oʼtdi.