? Joriy yilning 14- mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filialida, 3-sektor mahalla yetakchilari va filial talabalari ishtirokida Zakovat intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.
♻️ Bellashuvda jami 4 ta jamoa ishtirok etdi.
♻️ Qiziqarli boʻlib oʻtgan intellektual oʻyinda, filial talabalaridan tashkil topgan «LIDEP» jamoasi barcha jamoalarni ortda qoldirib, yakunda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
♻️ Bellashuvdan soʻng, oliy taʼlim talabalari va mahalla uyushmagan yoshlari oʻrtasida turli tadbir va tanlovlar oʻtkazishga kelishib olindi.